PULSAR GROUP BREWERY

Samarqand pivo zavodi 1885-yilda Markaziy Osiyodagi ilk pivo ishlab chiqarish korxonasi sifatida barpo etilgan.

U nemis tadbirkorining mablag‘lari evaziga, asl chex texnologiyasi asosida qurilgan. Hatto bugungi kunda ham eski achitish sexlari, pivo tayyorlash xonalari va yerto‘lalariga kirganda, o‘zingizni Samarqandda, Brnoda, Plzenda yoki Pragada ekanligingizni ajrata olmaysiz, chunki bizning korxonamizdagi va Chexiyadagi arxitektura tafsilotlari, qurilish uslubi va g‘isht terish xususiyatlari aynan bir xil.

1892-yilda zavod hududida mineral suv zaxirasi topildi va quduq qazildi. Bu quduq yuz yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekistonni eng yuqori sifatli mineral shifobaxsh suv bilan ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda siz bu suvni «Samarqand» brendi ostida do‘konlar va dorixonalar peshtaxtalaridan topishingiz mumkin. Samarqanddan olinadigan suvning yuqori sifati relyefning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq: ulug‘vor Pomir tog‘ tizmalari Samarqand vohasini uch tomondan o‘rab turadi. Muzlik suvlari nafaqat Zarafshon daryosi va ko‘plab soylarni to‘yintiradi, balki vodiydagi yer osti suvlarini ham boyitadi.

Pulsar Group Brewery pivo zavodining zamonaviy tarixi 1995-yildan, zavod Chexiya tadbirkorlari ishtirokida aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan paytdan boshlanadi. Bugungi kunda bu korxona bozor yetakchilaridan biri bo‘lib, «Pulsar», «Пражское», «Бочка», «Жигулевское», «Лемонадье», «Mohito» va «Puls» savdo belgilari ostida pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan qudratli sanoat korxonasiga aylangan. Zavod Chexiya, Daniya, Germaniya va Niderlandiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Biz faqat Germaniya va Chexiyaning tabiiy xmel navlaridan hamda eng sifatli import solodddan foydalanamiz. Bu xmelga boy ta’m va pivoning barqaror sifatini ta’minlaydi. Chexiyalik sayyohlar ko‘zi bog‘langan holda degustatsiya qilganda Pulsar bilan Chexiyada tayyorlangan pivoni farqlay olmasliklarini e’tirof etishadi.

Pulsar Group Brewery 1516 yilgi Reinheitsgebot pivo tozaligi qonuniga binoan tayyorlangan va yetiltirilgan haqiqiy pivoning sifati va ta’mini eng muhim o‘ringa qo‘yadi.

Biz sifatga putur yetkazish evaziga o‘z tamoyillarimizdan voz kechishga tayyor emasmiz. Markaziy Osiyodagi birinchi afsonaviy pivozavodning 140 yillik butun tarixi buning yaqqol isbotidir.